Telegram kanallar uchun

Kanalingiz arxivi — alohida sayt

Osor kanalingizning butun tarixini o‘z domeningizdagi saytga aylantiradi. Har bir post o‘qib chiqiladi va mavzu, shaxs va idoralar bo‘yicha teglanadi. Kuzatuvchilar esa qidiradi, filtrlaydi va arxivga savol beradi.

Namuna: the-bakiroo.uz

Kuzatuvchilar uchun

Arxiv o‘qiladigan bo‘ladi

  • O‘z domeningizda sayt

    Har bir post alohida sahifa: rasmlar, havolalar, reaksiyalar bilan. Qidiruv tizimlari ham topadi.

  • Mavzu va shaxslar ko‘rsatkichi

    Sun’iy intellekt har bir postni o‘qiydi: kimlar, qaysi idoralar, qaysi mavzular. Hammasi teg sahifalariga yig‘iladi.

  • Lotin, kirill va rus tilida qidiruv

    «Toshkent» deb yozsangiz, «Тошкент» haqidagi postlar ham chiqadi. Davr, tur va mavzu bo‘yicha filtrlar bor.

  • Arxivga savol berish

    Kuzatuvchi savol beradi, javob kanal postlariga havolalar bilan keladi. O‘ylab topilgan narsa bo‘lmaydi.

  • Xarita va syujetlar

    Mavzular bir-biriga qanday bog‘langani xaritada, bir-birini davom ettirgan postlar esa syujet bo‘lib ko‘rinadi.

  • Chuqur statistika

    Qachon yozadi, nima haqida ko‘p yozadi, qaysi manbalarga tayanadi — hammasi bir sahifada.

Bloger uchun

Studiya: hammasi bir joyda

  • G‘oyalar doskasi

    Mavzularni yig‘ing, qaysi biri qoralamada, qaysi biri rejada — ko‘rib turing.

  • O‘z uslubingizda qoralama

    Yordamchi uslubni avvalgi postlaringizdan o‘rganadi, faktlarni esa arxivdan oladi.

  • Arxiv bo‘yicha tadqiqot

    «Bu haqda qachon yozgan edim?» — javob manbalari bilan.

  • Rejalashtirib nashr qilish

    Post kanalingiz boti orqali siz belgilagan vaqtda chiqadi.

Qanday ulanadi

Uch qadam

  1. 1

    Yozing

    Kanal havolasini va xohlagan domeningizni yuboring.

  2. 2

    Arxivni o‘qiymiz

    Butun tarix import qilinadi, indekslanadi va teglanadi.

  3. 3

    Sayt ishga tushadi

    O‘z domeningizda: kuzatuvchilar uchun sayt, siz uchun studiya.

Kanalingizni ulaymizmi?

Yozing — kanalingiz qanday ko‘rinishini va ulash shartlarini aytib beraman.

Telegram orqali yozish